3-bo‘lim
Matn elementlari
Sarlavhalar, paragraflar, ro'yxatlar, matnni ajratish, iqtiboslar va maxsus belgilar bilan ishlash.
Ushbu bo‘lim mundarijasi
Har qanday saytning asosi - matn. HTML da uni tuzilmalashtirish uchun o'nlab element mavjud.
Sarlavhalar #
HTML da oltita daraja bor:
dan
gacha.

1-daraja: sahifaning asosiy sarlavhasi

2-daraja: katta bo'lim

3-daraja: kichik bo'lim

4-daraja

5-daraja

6-daraja: eng kichik

- Sahifada faqat bitta

bo'lsin - u sahifaning asosiy mavzusi. - Darajani tashlab ketmang:

dan keyin
emas,
kelsin. - O'lcham uchun ishlatmang: matnni kattalashtirish uchun

emas, CSS ishlating.
Sarlavhalar tuzilmani bildiradi. Qidiruv tizimlari va ekran o'quvchilari (ko'zi ojizlar uchun) aynan shu ierarxiyaga tayanadi.
Paragraflar va satr ko'chirish #

Bu birinchi paragraf. HTML bir nechta bo'shliqni bitta deb hisoblaydi.

Bu matn ko'p bo'shliq bilan yozilgan,
lekin brauzer ularni bitta bo'shliqqa aylantiradi.

Manzil:

Toshkent shahri,

Chilonzor tumani

Chiziqdan keyingi matn.

ni ko'p ishlatmang
faqat matn ichida majburiy satr ko'chirish uchun (manzil, she'r).
Elementlar orasidagi masofa uchun CSS margin ishlating.

Birinchi

Ikkinchi

Birinchi

Ikkinchi

Matnni ajratish #

Bu juda muhim ma'lumot.

Bu alohida urg'u berilgan so'z.

Bu qalin va bu kursiv matn.

Bu belgilangan matn.

Eski narx: 50 000 Yangi: 35 000 so'm

Suv formulasi: H2O, kvadrat: x2

Buyruq: python asosiy.py

Bosing: <kbd>Ctrl</kbd> + <kbd>S</kbd>

Natija: <samp>Fayl saqlandi</samp>

Shartlar amal qiladi

| Teg | Ko'rinishi | Ma'nosi |

| Qalin | Muhim mazmun |
| Qalin | Faqat vizual qalinlik |
| Kursiv | Urg'u |
| Kursiv | Faqat vizual kursiv |
| Sariq fon | Belgilangan matn |
| O'chirilgan | |
| Tagi chizilgan | Qo'shilgan |
| Pastki indeks | H₂O |
| Yuqori indeks | x² |
| Monoshrift | Kod |
<kbd> | Tugma ko'rinishi | Klaviatura |
yoki ?Ko'rinishi bir xil, lekin ma'nosi har xil:
- "bu mazmunan muhim". Ekran o'quvchisi uni kuchli ohangda o'qiydi.- "shunchaki qalin qilib ko'rsat". Semantik ma'no yo'q.
Xuddi shunday  (urg'u) va  (shunchaki kursiv). Deyarli har doim
va  ni tanlang.
Ro'yxatlar #
Tartibsiz ro'yxat #

Kerakli vositalar

Matn muharriri

Brauzer

Sabr-toqat

Tartibli ro'yxat #

Sayt yaratish bosqichlari

Rejalashtirish

HTML tuzilma yozish

CSS bilan bezash

Testlash

Birinchi variant

Ikkinchi variant

Beshinchi

Oltinchi

type qiymati | Natija |

1 (standart) | 1, 2, 3 |
A | A, B, C |
a | a, b, c |
I | I, II, III |
i | i, ii, iii |
Ichma-ich ro'yxat #

Frontend

HTML

CSS

JavaScript

Backend

PHP

Python

Ichki

ning ichida bo'lishi kerak, uning yonida emas:

Frontend

HTML

Frontend

HTML

Ta'riflar ro'yxati #
Atamalar lug'ati uchun:

HTML

Sahifa tuzilmasini belgilaydigan til.

CSS

Sahifa ko'rinishini boshqaradigan til.

DOM

Brauzer hosil qiladigan hujjat daraxti.

| Teg | Ma'nosi |

| Ta'riflar ro'yxati (description list) |

| Atama (term) |

| Ta'rif (description) |
Iqtiboslar #

Sodda murakkabdan yaxshiroq. Murakkab chalkashdan yaxshiroq.

— The Zen of Python

Tim Berners-Lee Veb hamma uchun bo'lishi kerak degan edi.

HTML - belgilash tili.

Toshkent shahri, Chilonzor tumani

Email: [email protected]

Oldindan formatlangan matn #

bo'shliq va satr ko'chirishlarni saqlab qoladi:

def salomlashish(ism):
return f"Salom, {ism}!"
print(salomlashish("Husanboy"))

Kod uchun
va  birga ishlatiladi:

baholar = [85, 92, 78]
print(sum(baholar) / len(baholar))

< belgisini ko'rsatishAgar kod ichida HTML teglari bo'lsa, ular brauzer tomonidan bajariladi. Buning oldini olish uchun maxsus belgilardan foydalaning:

Bu paragraf

Maxsus belgilar #
Ba'zi belgilarni to'g'ridan-to'g'ri yozib bo'lmaydi:
| Belgi | Kod | Nomi |

< | < | Kichik |
> | > | Katta |
& | & | Ampersand |
" | " | Qo'shtirnoq |
| bo'shliq | | Uzilmas bo'shliq |
| © | © | Mualliflik huquqi |
| ® | ® | Ro'yxatdan o'tgan |
| ™ | ™ | Savdo belgisi |
| — | — | Uzun tire |
| … | … | Ko'p nuqta |
| → | → | O'ng strelka |
| × | × | Ko'paytirish |
| ' | ‘ | O'zbekcha apostrof |

© 2026 Softromeda — barcha huquqlar himoyalangan.

Narx: 50 000 so'm

O‘zbekiston

Shart: a < b && b > c

qachon kerak?Uzilmas bo'shliq matnni bo'linishdan saqlaydi. 50 000 yozsangiz,
"50" bir satrda, "000" boshqa satrda qolmaydi. Xuddi shunday Husanboy K. yoki
10 kg uchun ham foydali.
To'liq amaliy misol #

Python o'rganishni qayerdan boshlash kerak?

Python - boshlovchilar uchun eng qulay dasturlash tillaridan biri.
Uni o'rganish uchun matematik bilim shart emas.

Nima kerak?

Kompyuter (hatto eski bo'lsa ham)

Internet - dastlabki o'rnatish uchun

Kuniga 1 soat vaqt

Bosqichlar

Python’ni o'rnatish

Sintaksis asoslarini o'rganish

Kichik loyihalar yozish

Birinchi dastur

ism = input("Ismingiz: ")
print(f"Salom, {ism}!")

Sodda murakkabdan yaxshiroq.

— The Zen of Python

Atamalar

Sintaksis

Til grammatikasi - kod qanday yozilishi kerakligi.

Interpretator

Kodni satrma-satr bajaruvchi dastur.

© 2026 Softromeda Edu

Sevimli mavzuingiz haqida to'liq maqola sahifasini yozing:
- Bitta

va kamida uchta
bo'lsin. - Har bir bo'limda kamida bitta paragraf bo'lsin.
- Bitta tartibli va bitta tartibsiz ro'yxat qo'shing (biri ichma-ich bo'lsin).
,,vateglarini ishlating.
bilan iqtibos keltiring.
bilan uchta atamani izohlang.- Kamida beshta maxsus belgi ishlating (
©,—, va h.k.). - Kodni validatorda tekshiring.
Xulosa #
- Sahifada bitta

bo'lsin, darajalarni tashlab ketmang. vasemantik,vafaqat vizual - birinchisini tanlang.
tartibsiz,
tartibli,
ta'riflar ro'yxati.- Ichki ro'yxat

ichida joylashishi kerak.
bo'shliqlarni saqlaydi; kod uchun
juftligi ishlatiladi.<va&kabi belgilar uchun maxsus kodlar (<,&) kerak. matnni noto'g'ri joyda bo'linishdan saqlaydi.
Keyingi bo'limda havolalar va rasmlarni o'rganamiz.
O‘qish tarixini saqlamoqchimisiz?
Tizimga kirsangiz, tugatgan bo‘limlaringiz saqlanadi va qoldirgan joyingizdan davom etasiz.
Xatolik topdingizmi?
Imlo xatosi, ishlamaydigan kod yoki noto‘g‘ri ma‘lumotni ko‘rsangiz - bizga xabar bering. Har bir xabar administrator tomonidan ko‘rib chiqiladi.