Maxfiylik siyosati
Qanday ma‘lumot yig‘amiz, nima uchun va uni qanday himoya qilamiz.
1. Biz kimmiz
Softromeda Edu (edu.softromeda.com) - o‘zbek tilidagi bepul ta‘lim platformasi. Ushbu siyosat saytdan foydalanganingizda qanday ma‘lumot yig‘ilishini va u bilan nima qilinishini tushuntiradi.
Ma‘lumotlaringiz bo‘yicha savolingiz bo‘lsa: [email protected].
2. Qanday ma‘lumot yig‘amiz
Siz o‘zingiz beradigan ma‘lumotlar
- Ro‘yxatdan o‘tishda: ism va familiya, email manzil va parol.
- Profilda: agar xohlasangiz - qisqacha ma‘lumot (bio).
- Bog‘lanish formasida: ism, email, mavzu, sarlavha va xabar matni.
- «Xatolik topdingizmi?» formasida: xatolik turi, izohingiz, sahifadan belgilagan matn va (ixtiyoriy) ism bilan email.
Parolingiz hech qachon ochiq holda saqlanmaydi. Bazada faqat uning kriptografik xeshi turadi - undan asl parolni tiklab bo‘lmaydi. Biz ham sizning parolingizni ko‘ra olmaymiz.
Avtomatik yig‘iladigan ma‘lumotlar
Har bir sahifa ochilganda quyidagilar yoziladi:
- ochilgan sahifa manzili va sana-vaqt;
- IP manzil;
- brauzer nomi (user agent) va qurilma turi (kompyuter, telefon, planshet);
- qaysi sahifadan kelganingiz (referer);
- sessiyaning anonim belgisi.
Bu ma‘lumot qaysi darsliklar ko‘proq o‘qilayotganini bilish va saytni yaxshilash uchun kerak. Bir xil bo‘limni bir sessiya ichida qayta ochsangiz, u takroran hisoblanmaydi.
Xavfsizlik uchun IP manzil emailni tasdiqlash kodi, parolni tiklash so‘rovi va bog‘lanish xabari yuborilganda ham saqlanadi - bu spam va avtomatik hujumlarni cheklash uchun.
O‘qish jarayoni
Tizimga kirgan bo‘lsangiz, qaysi bo‘limlarni «bajarildi» deb belgilaganingiz saqlanadi. Shu tufayli progressingiz ko‘rinadi va qoldirgan joyingizdan davom eta olasiz.
Biz to‘lov ma‘lumotlarini, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma‘lumotlarini, aniq joylashuvingizni yoki telefon raqamingizni so‘ramaymiz va saqlamaymiz. Saytda reklama tarmoqlari va kuzatuv skriptlari ishlatilmaydi.
3. Ma‘lumotdan nima uchun foydalanamiz
| Maqsad | Qaysi ma‘lumot |
|---|---|
| Hisobingizni yaratish va tizimga kiritish | Ism, email, parol xeshi |
| Email manzilni tasdiqlash | Email, tasdiqlash kodi, IP |
| Parolni tiklash | Email, bir martalik token, IP |
| O‘qish progressini saqlash | Hisob va bo‘limlar ro‘yxati |
| Xabarlaringizga javob berish | Ism, email, xabar matni |
| Darsliklardagi xatolarni tuzatish | Xatolik xabari va sahifa manzili |
| Saytni yaxshilash uchun statistika | Sahifa ko‘rishlari, qurilma turi |
| Spam va hujumlardan himoya | IP manzil, urinishlar soni |
Biz ma‘lumotlaringizni hech kimga sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi tomonlarga bermaymiz.
4. Cookie fayllari
Saytda faqat ishlash uchun zarur cookie fayllari ishlatiladi:
- Sessiya cookie - tizimga kirganingizni eslab qolish uchun. Brauzerni yopganingizda yoki hisobdan chiqqaningizda tugaydi.
- CSRF himoya belgisi - formalaringiz sizning nomingizdan soxta yuborilishining oldini oladi.
Reklama yoki tashqi kuzatuv cookie fayllari yo‘q. Shu sababli saytda cookie haqida bezovta qiluvchi oyna ham chiqmaydi.
5. Ma‘lumot qancha saqlanadi
- Hisob ma‘lumotlari va progress - hisobingiz mavjud bo‘lgunicha.
- Tasdiqlash kodlari va parol tiklash havolalari - qisqa muddat (kod 15 daqiqa, havola 1 soat), so‘ng yaroqsiz bo‘ladi.
- Bog‘lanish va xatolik xabarlari - masala hal bo‘lgach ham arxivda qoladi, chunki ular darsliklarni yaxshilash tarixini ko‘rsatadi.
- Sahifa ko‘rishlari statistikasi - umumlashtirilgan hisobot uchun saqlanadi.
Hisobingizni o‘chirsak, unga bog‘langan progress ham o‘chadi, statistikadagi yozuvlar esa hisobga bog‘lanmagan holga o‘tadi.
6. Uchinchi tomonlar
Sayt ishlashi uchun quyidagi xizmatdan foydalanamiz:
- Brevo - tasdiqlash kodi va parolni tiklash xatlarini yetkazib berish uchun. Unga faqat sizning email manzilingiz va xat matni uzatiladi.
Sayt o‘zimizga tegishli serverda joylashgan. Ma‘lumotlaringiz boshqa hech qanday tahlil, reklama yoki kuzatuv xizmatiga uzatilmaydi.
Qonun talab qilgan hollarda (masalan, vakolatli davlat organining rasmiy so‘rovi bo‘yicha) ma‘lumot berishga majbur bo‘lishimiz mumkin.
7. Xavfsizlik
- Sayt HTTPS orqali ishlaydi - trafik shifrlanadi.
- Parollar kriptografik xesh funksiyasi bilan saqlanadi.
- Formalar CSRF hujumidan himoyalangan.
- Kirish urinishlari va kod so‘rovlari soni cheklangan.
- Ma‘lumotlar bazasiga so‘rovlar tayyorlangan so‘rov (prepared statement) orqali bajariladi.
Hech bir tizim 100% xavfsiz emas. Shuning uchun boshqa saytlarda ishlatadigan parolni bu yerda takrorlamang va parol boshqaruvchisidan foydalaning. Hisobingizga shubhali kirish sezsangiz, bizga xabar bering.
8. Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda quyidagilarni qilishingiz mumkin:
- Ko‘rish va tuzatish - ism va email manzilingizni shaxsiy kabinetingizda o‘zgartiring.
- Parolni almashtirish - kabinetdagi forma orqali.
- Hisobni o‘chirish - bizga yozing, hisobingiz va unga bog‘liq progress o‘chiriladi.
- Nusxa so‘rash - siz haqingizda saqlanayotgan ma‘lumotlar ro‘yxatini so‘rashingiz mumkin.
So‘rovingizni [email protected] manziliga yoki bog‘lanish sahifasi orqali yuboring. Odatda 2 ish kuni ichida javob beramiz. So‘rov hisob egasidan kelganiga ishonch hosil qilish uchun hisobingizdagi email manzildan yozing.
9. Bolalar
Sayt materiallari har qanday yoshdagi o‘quvchi uchun ochiq. Ammo hisob yaratish uchun kamida 14 yoshda bo‘lishingiz kerak. Agar undan kichik bo‘lsangiz, saytdan ro‘yxatdan o‘tmasdan ham to‘liq foydalanishingiz mumkin - barcha darsliklar hisobsiz o‘qiladi.
10. Siyosatdagi o‘zgarishlar
Bu siyosat vaqt o‘tishi bilan yangilanishi mumkin. Muhim o‘zgarish bo‘lsa, sahifa yuqorisidagi «Oxirgi yangilanish» sanasi o‘zgaradi. Saytdan foydalanishda davom etishingiz yangi shartlarga rozilik hisoblanadi.
11. Bog‘lanish
Savol, shikoyat yoki so‘rovingiz bo‘lsa: [email protected] yoki bog‘lanish sahifasi.